DAVLATCHILIK QONUNLARIGA BO'YSINISH VA FITNANING HAROMLIGI
DAVLATCHILIK QONUNLARIGA BO'YSINISH VA FITNANING HAROMLIGI

Bugungi kunda ba’zi buzgʻunchi va ekstrimistik gʻoya vakillari davlat tuzumini inkor qilish, jamiyatda amalda boʻlgan qonunlarga boʻysunmaslikka chaqirish hamda "xalifalik" yoki "diniy boshqaruv" niqobi ostida fitna-fasod urugʻini sepishga urinmoqda. Vaholanki, Islom dini tinchlik, jamoat tartibi, davlatchilikni mustahkamlash va jamiyatdagi qonun-qoidalarga rioya qilishni ijtimoiy barqarorlikning bosh omili deb hisoblaydi.

Davlat va uning qonunlariga qarshi chiqish, jamiyatda fitna qoʻzgʻatish Islom shariatida ogʻir gunoh va buzgʻunchilik deb baholanadi.

Ekstrimistlar jamiyatdagi qonunlar va davlat boshqaruvini "tagʻut" yoki "gʻayriislomiy" deb eʼlon qilib, odamlarni tartibsizlikka chorlaydi. Islom shariyati esa jamiyatda parokandalik yuzaga kelmasligi uchun rahbarlarga va jamiyat tartibini saqlaydigan qonunlarga boʻysunishni buyuradi.


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواأَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِيالْأَمْرِ مِنكُمْ

 

“Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qilingiz, Rasulga va oʻzlaringizdan boʻlgan amr egalariga (rahbarlarga) itoat qilingiz!”

(Niso surasi, 59-oyat)

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar:


عَلَى الْمَرْءِ الْمُسْلِمِ السَّمْعُوَالطَّاعَةُ فِيمَا أَحَبَّ وَكَرِهَ، مَا لَمْيُؤْمَرْ بِمَعْصِيَةٍ

 

“Musulmon kishi oʻzi yaxshi koʻrgan va yomon koʻrgan narsasida (rahbariga) quloq solishi va itoat qilishi lozimdir, modomiki gunoh ishga buyurilmasa.”

(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)

Davlat tomonidan jamiyat xavfsizligi, tartib-intizom, yoʻl harakati, fuqarolar huquqlarini himoya qilish uchun joriy etilgan qonun va qoidalar insonlar manfaati va umumiy osoyishtalik uchun xizmat qiladi. Ularga rioya etish har bir fuqaroning burchidir.

Fitna va Jamiyatni Parokanda Qilishning Haromligi
Buzgʻunchi oqimlar turli soxta shiorlar ostida xalq va davlat oʻrtasiga nifoq solish, tinchlikni buzish hamda fitna chiqarishga urinishadi. Islom manbalarida fitna va tartibsizlik odam oʻldirishdan ham ogʻirroq gunoh sifatida qayd etilgan.


وَالْفِتْنَةُ أَشَدُّ مِنَ الْقَتْلِ

 

“Fitna (insonlarni zalolatga yetaklash va jamiyatda parokandalik chiqarish) qatldan ham ogʻirroqdir.”

(Baqara surasi, 191-oyat)

Yana bir oyatda Alloh taolo yer yuzida buzgʻunchilik qiluvchilar haqida shunday deydi:

وَلاَ تُفْسِدُواْفِي الأَرْضِ بَعْدَ إِصْلاحِهَا

 

“Yer yuzini (Alloh) isloh qilganidan keyin unda buzgʻunchilik qilmang!”

(Aʼrof surasi, 56-oyat)

Arfaja roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jamiyatning birligini boʻlishga urinadigan kimsalar haqida ogohlantirib, shunday deganlar:


مَنْ أَتَاكُمْ وَأَمْرُكُمْ جَمِيعٌعَلَى رَجُلٍ وَاحِدٍ يُرِيدُ أَنْ يَشُقَّعَصَاكُمْ أَوْ يُفَرِّقَ جَمَاعَتَكُمْ فَاقْتُلُوهُ

 

“Barcha ishingiz bir kishi (rahbar) tevaragida jipslashib turganingizda, kimsaki kelib, jamoatingizni boʻlishni va orangizga nifoq solishni istasa, unga qarshi qatʼiy choralar koʻring.”

(Imom Muslim rivoyati)

Ushbu hadis jamiyatning parokanda boʻlishiga, xalqning boʻlinishiga va tinchlikning izdan chiqishiga olib keladigan har qanday harakat Islomda qatʼiy qoralanishini koʻrsatadi.

 Islom dini tinchlik va jamoat jipsligini oliy neʼmat deb biladi. Davlatsizlik, qonunli tartibning yoʻqolishi va anarxiya (boshboshdoqlik) jamiyatning halokatiga olib keladi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, Paygʻambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilar:

مَنْ رَأَىمِنْ أَمِيرِهِ شَيْئًا يَكْرَهُهُ فَلْيَصْبِرْ،فَإِنَّهُ مَنْ فَارَقَ الْجَمَاعَةَ شِبْرًا فَمَاتَ،مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً

“Kim oʻz amirida (rahbarida) oʻzi yoqtirmaydigan biror narsani koʻrsa, sabr qilsin. Chunki kimki jamoatdan bir qarich ajralsa va shu holida oʻlsa, u johiliyat oʻlimi bilan oʻlibdi.”

(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)

Buyuk faqihlar va ulamolar taʼkidlaganidek: "Adolatsiz podshoh bilan birga oʻtgan 60 yillik vaqt, rahbar va qonunsiz oʻtgan bir kechadan afzaldir." Chunki qonun va rahbar boʻlmagan joyda zulm, zoʻravonlik va tartibsizlik hukm suradi.

Xulosa

Tinchlik va barqarorlik — jamiyatning eng katta neʼmatidir. Davlat va qonunlarga boʻysunish diniy va fuqarolik burcimiz boʻlib, u jamiyatimiz osoishtaligi hamda kelajak avlod tinchligining kafolatidir.

Diniy gʻoyalarni niqob qilib, jamiyatda fitna qoʻzgʻashga, qonunlarga qarshi chiqishga chaqirayotgan buzgʻunchi gʻoyalarga aldanmaslik, ularga ilmiy va maʼrifiy asosda raddiya berish har bir hushyor yurtdoshimizning burchidir.

 

Karmana tumani "Jaloyir"  

jome masjidi imom-xatibi                                    A.Hakimov

O'xshash maqolalar
Ba’zi buzg‘unchi va mutaassib oqimlar tinchlik qaror topgan, azoni aytilayotgan, masjidlari obod, musulmonlar emin-erkin ibodatini bajarib yurgan diyo...
Tuesday, August 4, 2026 2:47 PM
Afsuski, bugungi kunda ayrim toifa va oqimlar yoshlarimizning samimiy diniy tuyg‘ularidan foydalanib, "hijrat" " tushunchasini buzib talqin qilmoqdala...
Tuesday, August 4, 2026 2:46 PM
(У зот) ҳеч бир ихтилофсиз барча пайғамбарларнинг имомидирлар ва барча (ёмон сифатлардан) холи бандаларнинг нуқсонсиз тожидирлар.Ўший раҳматуллоҳи ала...
Wednesday, September 27, 2023 11:24 AM
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Мен сизлар учун фақирликдан қўрқмайман, лекин такосур (яъни мо...
Friday, December 16, 2022 9:17 AM
Замонамиз бемазҳабларининг “муҳаддис”и саналадиган Носир Албоний таниқли олим Шамсиддин аз-Заҳабий раҳимаҳуллоҳнинг “Китоб ал-Улвв” асарини қисқартири...
Friday, September 23, 2022 9:53 AM
Бу илмнинг мақсади диний ақидаларни қатъий далиллар ила исботлаш ва ундаги шубҳаларни рад қилишдир. Эътиқод қилиши лозим бўлган ишларда мусулмонни тақ...
Wednesday, August 17, 2022 7:31 AM
Bugun Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan, bundan taqriban 28 yil oldin marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalami...
Monday, August 15, 2022 5:53 AM
Hozirgi kunda muqaddas islom nomidan har xil oqimlarning o‘zlarini jozibador ismlar bilan nomlab olib, go‘yoki to‘g‘ri yo‘lni da'vo qilib, g‘araz maqs...
Sunday, August 14, 2022 3:40 AM
Ibratli kitoblar
«Ҳадис ва Ҳаёт»
«Ҳадис ва Ҳаёт»
Файл ҳажми: 0.35 MB
Кўчириб олиш
sahifalar
sahifalar
Файл ҳажми: 0.13 MB
Кўчириб олиш
Фиқҳ
Фиқҳ
Файл ҳажми: 0.14 MB
Кўчириб олиш
Developed By Usoft